Free ebooks Library zlibrary project

Bilasiz, karantin davrida OʼFA huzuridagi hududiy futbol assotsiatsiyalari ish faoliyatini masofadan turib olib bormoqda.

Oʼzbekiston futbol assotsiatsiyasining barcha boʼlinmalari qatori hududiy futbol assotsiatsiyalari mutaxassislari ham uy sharoitida belgilangan vazifalar boʼyicha ish olib borishyapti. Onlayn videomuloqot orqali esa amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilib borilmoqda.

Bugun barcha viloyatlar futbol assotsiatsiyalarining media va marketing xodimlari uchun onlayn seminar tashkil etildi.

Qayd etish joiz, joriy yildan e’tiboran har bir hududiy futbol assotsiatsiyada media va marketing yo’nalishi bo’yicha ham mutaxassislar ish olib borishi ta’minlandi. Bu orqali har bir viloyat futbolida yuz berayotgan voqeliklar va sport tadbirlari keng yoritilishini ta’minlash, shu bilan birgalikda hududlardagi futbol tuzilmalarining homiy tashkilot va hamkorlar bilan yaqindan ishlashini yo’lga qo’yish sanaladi.

Bu borada mutaxassislarga o’z yo’nalishlari bo’yicha yanada to’liqroq ko’nikmalar taqdim etish, sohadagi so’nggi yangilik va ish uslublari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida bugun viloyatlar futbol assotsiatsiyalarining media va marketing bo’limida faoliyat olib borayotgan xodimlar uchun onlayn seminar o’tkazildi. Unda O’FAning Media hamda Marketing yo’nalishi bo’yicha yetakchi kadrlari sohadagi yangiliklar borasidagi o’z bilim va tajribalari bilan o’rtoqlashishdi. Qiziqarli suhbat tarzida o’tgan taqdimotlar davomida ishtirokchilar o’z savollari bilan murojaat qilib borishdi.

Endilikda bu kabi seminarlar muntazam ravishda tashkil etilishi yo’lga qo’yiladi.