Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино регистрация занимает всего пару минут. Вход через зеркало и промокоды помогут вам наслаждаться игрой и увеличат ваши шансы на победу!

Bugun Germaniya Bundesligasida ko’p yillar faoliyat olib borgan tajribali mutaxassis, FIFA konsultanti Robert Nimen O’zbekiston futbol assotsiatsiyasiga tashrif buyurdi.

O’FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov, mutasaddi va mutaxassislar hamda Robert Nimen ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Bundesliga vakiliga O’zbekiston futbol assotsiatsiyasining tuzilmasi va faoliyati, hududiy futbol assotsiatsiyalar bilan ishlash, bolalar-o’smirlar futbolini rivojlantirish yo’lida amaldagi loyihalar, turli xil yosh toifasidagi musobaqalar tashkil etish bo’yicha ma’lumot berildi. Shuningdek, germaniyalik mutaxassis futbol, futzal va ayollar futboli bo’yicha O’zbekiston terma jamoalarining qayd etayotgan natijalari, yurtimizdagi hakamlik va VAR tizimini joriy etish bo’yicha qilingan ishlar hamda terma jamoalar uchun barpo etilayotgan sport majmua loyihasi bilan tanishib chiqdi.

Robert Nimen O’zbekiston terma jamoalari birinchi navbatda jismoniy tayyorgarlikka jiddiy e’tibor qaratgan holda, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish zarurligi va bu borada ishni klublardan boshlash foydali ekanligini ta’kidlab o’tdi. Germaniya tajribasidan kelib chiqib, mamlakat futbolining muvaffaqiyati avvalo bolalar-o’smirlar futboliga bog’liqligi, yosh futbolchilarni tanlab olish va ularni tarbiyalash uchun bir necha yillar davomida ish olib borish muhimligini aytib o’tdi.

Germaniyada yosh tarbiyalanuvchilarning kunlik dasturi umumta’lim maktabi darslari, futbol internat mashg’ulotlari va futbol uchrashuvlaridan tashkil topgan bo’ladi. Salkam bir asr avval futbolchilarni ro’yxatga olish tizimi amalga tadbiq etilganligi, onlayn rejimda 6-7 yoshli tarbiyalanuvchiga futbolchi passport berilishi va faqatgina ushbu xujjat orqali yosh futbolchilar mahalliy chempionatlarda ishtirok etishi huquqiga ega bo’lishi aytib o’tildi. Barcha futbol maktab-kollejlari xususiy va pullik bo’lganligiga qaramay, germaniyalik ota-onalar o’z farzandlarini ushbu mashg’ulotlarga yuborayotganini aytib, Robert Nimen O’zbekistondagi futbolga ixtisoslashgan davlat muassasalarining faoliyati va yaratilgan sharoitlarga ijobiy baho berdi.

Shuningdek, suhbat davomida Robert Nimen O’zbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiy tayinlashda mashhur nomlar har doim ham to’g’ri tanlov bo’lib chiqmasligini, yosh va talabchan hamda g’alabaga chanqoq yosh iste’dodli murabbiylar hozirgi futbol tendensiyasiga mos tushushini alohida e’tirof etdi.

Ravshan Ermatov Robert Nimenga kelajakda istiqbolli loyilarni birgalikda amalga oshirish va Germaniya futboli tajribasini O’zbekistonda amalga tadbiq etish bo’yicha o‘zaro hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirdi.