Free ebooks Library zlibrary project

Bugun, 12-iyul kuni O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi Jahon chempionati ishtirokchisi Gvatemalaga qarshi bahs olib bordi va mag’lubiyatga uchradi – 2:3.

Uchrashuv teng kurashlar ostida kechdi. 3-daqiqada Mehroj Xudoyberganov raqib darvozasini ishg’ol etdi. Shundan so’ng Gvatemala terma jamoasi futzalchilari faollikni oshirishdi va 9-daqiqada Patrik Ruiz hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo’limning 24-daqiqasida Patrik Ruiz yana bir bor darvozani ishg’ol etdi. 27-daqiqada Roberto Alvorado jamoasining 3-golini kiritdi. 32-daqiqada O’zbekiston futzal milliy terma jamoasi sardori Dilshod Rahmatov gol kiritib, hisobni qisqartirdi – 2:3.

Shu tariqa Xose Venansio Lopes boshqaruvidagi jamoamiz Gvatemalaga qarshi ikkinchi uchrashuvda imkoniyatni boy berdi. Jamoalar o’rtasidagi uchinchi bahs 22-iyul kuni Mirabror Usmonov kubogi doirasida bo’lib o’tadi.