Free ebooks Library zlibrary project

Bahodir Ahmedov boshchiligidagi futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Ashxobodda o‘tkaziladigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik doirasida Bokuda yig’in tashkil etgani haqida xabar bergan edik.

Bugun terma jamoamiz Ozarbayjon milliy termasi bilan ikkinchi o’rtoqlik o’yinini o’tkazdi. Uchrashuv 4:3 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo’ldi.

 

Ozarbayjon – O’zbekiston 4:3

Gollar: Oliveyra Da Nasimento (3), Tiago Telles (13), Eduardo Borges (15), Iso Otaev (36) – Ilhom Hamroev (10), Ixtiyor Ropiev (26), Sunatulla Jo‘raev (29).

O’zbekiston: Rustam Umarov, Anasxon Rahmatov, Ixtiyor Ropiev, Mashrab Odilov, Ilhom Hamroev.

Zaxiradan tushganlar: Ravshan Eliboev, Husniddin Nishonov, Dilshod Rahmatov, Ravshan Ismatullaev, Akbar Usmonov, Sunatulla Jo‘raev, Konstantin Sviridov, Javlon Anorov, Abdulla Solihov, Xushnur Erkinov.

 

 

 

 

Foto: AFFA