Shu yilning 26-fevral – 8-mart kunlari qo‘shni Turkmanistonda futzal bo‘yicha Osiyo chempionati final bosqichi o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.
Osiyo futbol konfederatsiyasi koronavirus tufayli yuzaga kelgan vaziyatni inobatga olgan holda futzal bo‘yicha qit’a birinchiligini biroz keyinroq muddatga qoldirdi. Musobaqa sanalari keyinroq ma’lum qilinadi.
Qayd etish joiz, futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi shu kunlarda Turkmanistonda o‘tkaziladigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik jarayonining hal qiluvchi bosqichini olib borayotgan edi.
Bahodir Ahmedov boshchiligidagi terma jamoamiz 26-yanvardan buyon kuniga 2 mahaldan mashg‘ulotlar olib bordi. Bugundan mazkur yig‘in yakunlandi.
Qit’a chempionatining keyinroqqa qoldirilgani sababli terma jamoamiz endilikda tayyorgarlik rejasini qaytadan tuzib chiqadi.