Free ebooks Library zlibrary project Bitcore Vision

Xabaringiz bor, qo‘shni Turkmaniston futzal bo‘yicha Osiyo chempionati-2020 bahslariga mezbonlik qiladi.

Ayni paytda Bahodir Ahmedov boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi mazkur musobaqaga jiddiy hozirlik olib bormoqda.

Futzalchilarimiz 10-yanvardan boshlab poytaxtimizda yig’inga kirishishdi. Kuniga ikki mahaldan mashg’ulotlar olib borilmoqda. Dastlab 10-19-yanvar oralig‘ida Toshkentda mashg‘ulotlar o’tkaziladi. So‘ngra 19-23-yanvar kunlari Ozarbayjon poytaxti Bokuda yig‘in tashkil etiladi. Yig‘in doirasida mazkur mamlakat milliy jamoasi bilan 2 ta o‘rtoqlik o‘yini ham o‘tkaziladi.

Quyida terma jamoamizning mashg’ulotidan fotolavhalarni tomosha qilishingiz mumkin: