Free ebooks Library zlibrary project

Bahodir Ahmedov boshchiligidagi futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Ashxobodda o‘tkaziladigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik jarayonini davom ettirmoqda.

Oldinroq qit’a chempionatiga tayyorgarlikning yakuniy bosqichi boshlangani haqida xabar bergan edik. Terma jamoamiz bugun Toshkentda o‘tgan yig‘inni yakunladi.

Ertaga, 19-yanvar kuni milliy terma jamoamiz Ozarbayjonga yo‘l oladi va 23-yanvarga qadar Bokuda mashg‘ulotlar olib boradi. Shuningdek, mazkur yurt terma jamoasi bilan 2 ta o‘rtoqlik o‘yini ham tashkil etiladi.

 

Bokuga yo‘l oladigan tarkib: 

Darvozabonlar: Rustam Umarov (AGMK), Ravshan Eliboev (“Paxtakor”)

O‘yinchilar: Anasxon Raxmatov (AGMK), Mashrab Odilov (AGMK), Ixtiyor Ropiev (AGMK), Ilhom Hamroev (AGMK), Dilshod Rahmatov (AGMK), Husniddin Nishonov (AGMK), Akbar Usmonov (AGMK), Xushnur Erkinov (“So‘g‘diyona”), Sunatulla Jo‘raev (“Nasaf”), Abdulla Solixov (“Lokomotiv”), Ravshan Ismatullaev (“Dinamo”), Javlon Anorov (“Maksam-Chirchik”), Konstantin Sviridov (“Maksam-Chirchiq”).