O‘zbekiston milliy terma jamoasi Turkmanistonda o‘tkaziladigan futzal bo‘yicha qit’a chempionatiga tayyorgarlik jarayonini davom ettirmoqda.
Bahodir Ahmedov boshchiligidagi terma jamoamiz 10-18-yanvar kunlari Toshkentda yig‘in o‘tkazgan edi. 19-23-yanvar kunlari Ozarbayjonda mashg‘ulotlar olib borildi va Ozarbayjon terma jamoasi bilan 2 ta o‘rtoqlik o‘yini ham tashkil etildi. Dastlabki bahsda o‘zbekistonlik futzalchilar 3:2 hisobida zafar quchishgan bo‘lsa, ikkinchi o‘yinda mezbonlar g‘alaba qozonishdi – 4:3.
Shundan so‘ng yurtimizga qaytib kelgan futzalchilarga 2 kunlik qisqa dam berildi. Bugundan boshlab yana mashg‘ulotlarga kirishiladi. Terma jamoamiz kuniga 2 mahaldan mashg‘ulotlar olib boradi.
Yig‘inda ishtirok etadigan futzalchilar ro‘yxati:
Darvozabonlar: Rustam Umarov (AGMK), Ravshan Eliboev (“Paxtakor”), Abbos Elmurodov (“Lokomotiv”), Klim Tyugaev (“Lokomotiv”).
O‘yinchilar: Anasxon Raxmatov (AGMK), Mashrab Odilov (AGMK), Ixtiyor Ropiev (AGMK), Ilhom Hamroev (AGMK), Dilshod Rahmatov (AGMK), Husniddin Nishonov (AGMK), Akbar Usmonov (AGMK), Xushnur Erkinov (“So‘g‘diyona”), Sunatulla Jo‘raev (“Nasaf”), Abdulla Solixov (“Lokomotiv”), Ravshan Ismatullaev (“Dinamo”), Javlon Anorov (“Maksam-Chirchik”), Konstantin Sviridov (“Maksam-Chirchiq”), Dilmurod Shavkatov (“Paxtakor”), Farhod Abdumavlonov (“Paxtakor”), Shaxzod Sa’diev (“Dinamo”).