Free ebooks Library zlibrary project

Bilasiz, Bahodir Ahmedov boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Turkmanistonda o‘tkaziladigan futzal bo‘yicha qit’a chempionatiga hozirlik olib bormoqda.

Oldinroq terma jamoamizning Osiyo chempionatiga tayyorgarlik jarayonining yakuniy bosqichiga kirishgani haqida xabar bergan edik. Terma jamoamiz 10-18-yanvar kunlari Toshkentda yig‘in o‘tkazdi. 19-yanvardan Ozarbayjonga yo‘l olgan futzalchilarimiz mashg‘ulotlarni Bokuda davom ettirmoqda. “Days Hotel” mehmonxonasiga joylashgan terma jamoamiz trenajyor zalida mashg‘ulot o‘tkazdi.

Ertaga, 21-yanvarda terma jamoamiz Ozarbayjon bilan bahs yuritadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.

Qayd etish joiz, Boku yig‘ini 23-yanvarga qadar davom etadi. So‘ngra terma jamoamiz Toshkentda tayyorgarlik jarayonini davom ettiradi.