Free ebooks Library zlibrary project

Bugun, 17-aprel kuni O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi Osiyo kubogi 1-turi doirasida Avstraliyaga qarshi maydonga tushdi va 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 5-daqiqasida Ueyd Jiovenali hisobni ochdi. Ikkinchi bo’limning dastlabki daqiqasida Akbar Usmonov hisobni tenglashtirgan bo’lsa, 22-daqiqada Dilshod Rahmatov jamoamizni hisobda oldinga olib chiqdi. 36-daqiqada Rahmatov dubl qayd etdi va hisobni ikkita golga oshirdi. 38-daqiqada raqib futzalchisi Tayler Garner jamoasining 2-golini kiritdi. Shu tariqa O’zbekiston futzal milliy terma jamoasi Osiyo kubogini 3:2 hisobidagi g’alaba bilan boshladi.

Xose Vennsio Lopes boshqaruvidagi jamoamiz navbatdagi uchrashuvini 19-aprel kuni Iroq terma jamoasiga qarshi o’tkazadi.