Free ebooks Library zlibrary project

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston futzal terma jamoasi yurtimizda oʻtkaziladigan Jahon chempionatiga tayyorgarlik koʻrmoqda. Jamoani muhim turnir oldidan yanada yuqori darajaga olib chiqish borasida saʼy-harakatlar olib borilyapti. Jahonda yuksak mavqega ega mutaxassis Xose Venansio Lopes yaqin kunlarda mamlakatimizga tashrif buyurib, OʻFA rahbariyati bilan oʻzaro hamkorlik shartnomasini tuzish boʻyicha muzokaralar oʻtkazadi.

Maʼlumot uchun, Venansio ikki bor Ispaniya terma jamoasini Yevropa chempioniga aylantirgan. Jahon chempionati finaliga olib chiqqan. Klublar oʻrtasida Yevropa chempioni. Ispaniya chempioni, 3 karra kubok egasi, 3 bor superkubok egasi. Shuningdek, 5 bor dunyoning yaxshi murabbiyi deb topilgan.