Free ebooks Library zlibrary project Встречайте 1win казино – место, где выигрывают. Надежное зеркало, удобный вход и промокоды помогут вам начать игру с максимальной выгодой! Discover the Phantom Wallet Extension—your secure and user-friendly tool for managing Solana assets. Enjoy seamless transactions and dApp access with ease!

Yurtimiz mezbonlik qiladigan futzal boʻyicha FIFA Jahon chempionatiga qizgʻin tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.

Bugun FIFA va OʻFA vakillari oʻrtasida navbatdagi onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi. Dastlab OʻFA vitse-prezidenti Ravshan Irmatov soʻz olib, mahalliy tashkiliy qoʻmita yaqinlashib kelayotgan turnirni yuqori saviyada oʻtkazish uchun bor imkoniyatini ishga solishini qayd etdi:

Bizda ushbu musobaqani oʻtkazish uchun yetarlicha imkoniyatimiz bor. Infratuzilmani FIFA standartlariga muvofiqlashtirish boʻyicha ishlarni jadallashtiryapmiz. Kecha Andijonga borib, “Universal” maydoni holatini oʻrgandik. Barchasi reja asosida ketmoqda. Bor eʼtiborimizni Jahon chempionatini yuqori saviyada oʻtkazishga qaratyapmiz, dedi Ravshan Irmatov.

Yigʻilish davomida FIFA va mahalliy tashkiliy qoʻmita tomonidan oʻyinlar oʻtkaziladigan majmualar, mehmonxonalar, transport, marketing, media, translyatsiya, tibbiyot va xavfsizlik kabi tashkiliy yoʻnalishlar koʻrib chiqildi. Musobaqaning final bosqichiga qurʼa tashlash marosimini oʻtkazish boʻyicha rejalar muhokama qilindi.