Free ebooks Library zlibrary project

Toshkent shahrida hududlardagi futbol assotsiatsiyalarining media mutaxassislari ishtirokida uch kunlik seminar boshlandi. Dastlab hududiy assotsiatsiyalarning mazkur yoʻnalish boʻyicha faoliyati tahlil qilindi.

Darslar davomida ijtimoiy tarmoqlarni sifatli kontent bilan toʻldirish, rasmiy sahifalarni yuritish va matn bilan ishlash yuzasidan tushunchalar berildi.

Seminar davomida foto va video materiallar ustida ishlash, dizayn va translyatsiya boʻyicha amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish rejalashtirilgan.