Free ebooks Library zlibrary project

FIFA tuzilmasida faoliyat olib borayotgan tajribali mutaxassis, tashkilotning Markaziy Osiyo davlatlari assotsiatsiyalari texnik boʻlimlari bilan ishlash boʻyicha masʼul Gayoz Darsadze Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasiga tashrif buyurdi. OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov, mutasaddi va mutaxassislar hamda Gayoz Darsadze ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda dastlab Oʻzbekiston futbolida amalga oshirilayotgan islohotlar va oʻzgarishlar, qoʻlga kiritilayotgan yutuqlar haqida soʻz yuritildi. FIFA hamda OʻFA oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik munosabatlari ishonch va hurmat asosida qurilgan ekanligini alohida taʼkidlandi.

Shundan keyin FIFA vakiliga Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining texnik boʻlimi, uning faoliyati, joriy yilda sohani rivojlantirish yoʻlida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi loyiha-rejalar haqida maʼlumotlar berildi.

Mamlakatimizda bolalar, ayollar va plyaj futboli hamda futzalni rivojlantirish boʻyicha bir qator masalalar muhokama qilindi. 2022-yilda xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda sportchilar bilan ilmiy-tahliliy kurslar va seminarlar oʻtkazish boʻyicha fikr almashildi.

Shuningdek, suhbat davomida Gayoz Darsadze zamonaviy futbol rivojida mazkur sohaning oʻrni alohida ekani, bu tizimni yoʻlga qoʻyish mamlakat futbolining rivojlanishi uchun xizmat qilishini taʼkidladi.

Tomonlar kelajakdagi istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirib, 2022-yilga moʻljallangan futbolni rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalarni belgilab olishdi.