Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash va FIFAning “Football for schools” loyihasi boʻyicha poytaxtimizda joylashgan 191-umumtaʼlim maktabida “Maktablarda futbol” dasturiga start berildi.
Tadbirning ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda OʻFA rahbariyati, shuningdek, FIFA vakillari Aleksandra Ueta Ramos, Alberto Jiakomini ishtirok etdi.
Respublikamizning barcha hududlaridan jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari va hududiy futbol assotsiatsiyalar mutaxassislari ishtirok etayotgan seminar mashgʻulotlari 3 kun davom etadi. Seminar davomida FIFA vakillari tomonidan nazariy va amaliy mashgʻulotlar olib boriladi. Mazkur mashgʻulotlar uchun jalb etilgan mutaxassislar olingan bilimlarini oʻz hududlaridagi maktablarda tatbiq etishlari va futbol toʻgaraklarining faoliyatini yanada rivojlantirishlari koʻzda tutilgan.