Free ebooks Library zlibrary project

Oʻzbekistonda futbolni ommalashtirish yoʻlida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish hamda mamlakatimizda futbolni yanada rivojlantirishga oid hamkorlik loyihalarini muhokama qilish maqsadida FIFA prezidenti Janni Infantino boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizga tashrif buyurdi.

Delegatsiyani Toshkent xalqaro aeroportida OʻFA prezidenti Abdusalom Azizov, Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov, OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov, OʻFA vitse-prezidenti Azizbek Ikromov va MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov kutib oldi.

Tashrifga doir eng soʻnggi xabarlarni rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring.