Free ebooks Library zlibrary project

FIFA kengashi tomonidan boʻlajak Jahon chempionatlari mezbonligi borasida muhim qarorlar qabul qilindi. Hususan 2030-yilgi Mundial futbol tarixida ilk bor 6 mamlakat va 3 qitʼada oʻtkaziladi.
Shuningdek, 2034-yilgi Jahon chempionati mezbonligini qoʻlga kiritish uchun Saudiya Arabiston futbol federatsiyasi oʻz nomzodini ilgari surgani maʼlum boʻldi. Osiyo futbol Konfederatsiyasi Prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa ushbu tashabbusni qoʻllab-quvvatlashi va Mundialning qitʼamizda oʻtkazlishi uchun butun Osiyo mamlakatlari birgalikda harakat qilishini taʼkidladi.

“Men SAFF tomonidan 2034-yilgi FIFA Jahon chempionati mezbonligiga oʻz nomzodini ilgari surganini mamnuniyat bilan taʼkidlab oʻtmoqchiman. Osiyo futbol oilasi bu tashabbusni qoʻllash uchun birlashadi. Bu yoʻlda muvaffaqiyatga erishish uchun biz jahon futboli jamiyati bilan hamjihatlikda ish olib borishga intilamiz”, deydi Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa, OFK tomonidan eʼlon qilingan bayonotda.

Oʻz navbatida, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda oʻzbek futboli jamoatchiligi ham OFK rahbarining ushbu fikrlariga hamohang tarzda, SAFF tashabbusini toʻliq qoʻllab-quvvatlaydi. Futbol tobora taraqqiy etayotgan Osiyo qitʼasida Jahon chempionati eng ajoyib va yuqori darajada oʻtishiga ishonamiz.