Free ebooks Library zlibrary project

Bugun 15-sentyabr kuni FIFA tomonidan 10-bor o‘tkazilayotgan futzal bo’yicha Jahon chempionati 2-kun uchrashuvlari o‘tkazildi.

Dastlab, Andijondagi “Universal” sport majmuasida Yangi Zelandiya va Liviya terma jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. Ushbu uchrashuvda Afrika qit’asi vakillari 3:1 hisobida g’alaba qozonib, uch ochkoni naqd qildi. Shuningdek, Turnirning markaziy uchrashuvida Ispaniya va Qozog‘iston durang natija qayd etdi.

Toshkent shahridagi “Humo arena”da turnir debyutanti Afg‘oniston terma jamoasi Angola ustidan 6:4 hisobida g’alaba qozonib, uch ochkoni qo’lga kiritdi.

Kunning so‘nggi bahsida Argentina Ukrainaga qarshi bahs olib bordi va 7:1 hisobida zafar quchdi.

Eslatib o‘tamiz, ertaga, 16-avgust kuni Buxorodagi “Universal” sport majmuasida Eron – Venesuela, Gvatemala – Fransiya, shuningdek, “Humo Arena”da Portugaliya – Panama va Tojikiston – Marokash uchrashuvlari o‘tkaziladi.