Free ebooks Library zlibrary project

Oʻzbekistonda futbolni ommalashtirish yoʻlida olib borilayotgan ishlar hamda mamlakatimizda futbolni yanada rivojlantirishga oid masalalarni muhokama qilish maqsadida FIFA bosh kotibi Fatma Samura boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizga tashrif buyurdi.

Martabali mehmon bugun Toshkent xalqaro aeroportida OʻFA rahbariyati tomonidan kutib olindi. Tashrif davomida FIFA bosh kotibi mamlakatimiz futbol infratuzilmasi bilan tanishishi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi mutasaddilari bilan uchrashuv oʻtkazib, bir qator loyihalar boʻyicha muzokaralar oʻtkazishi kutilmoqda.

FIFA Bosh kotibining yurtimizdagi xizmat safariga oid yangiliklarni OʻFA rasmiy sahifasida kuzatib boring.