Free ebooks Library zlibrary project

Xabaringiz bor, so’nggi yillarda futbol mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, tanlab olish va rivojlantirishga ilgʼor ilmiy-metodik va innovatsion texnologiyalarni joriy etish orqali futbol sohasida yetuk va chuqur bilimga ega kadrlar tayyorlash bo’yicha qator ishlar olib borilmoqda.

Xususan, joriy yilning 25-fevralidan 2-mart sanasiga qadar Farg’ona viloyatida “D” litsenziyasi uchun murabbiylik kursi bo’lib o’tdi. Y. Arslanov instruktorligida o’tgan seminar-treningda 20 nafar murabbiy ishtirok etdi. O’FA instruktoriga R.Mirzakarimov assistentlik qildi va U.Umaraliyev koordinator sifatida faoliyat olib bordi. O’quv kursi davomida murabbiylarga nazariy va jismoniy mashg’ulotlar o’rgatildi.

O’quv-amaliy kursi yakunida imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan nomzodlar 3 yilga mo’ljallangan O’FAning murabbiylik bo’yicha “D” litsenziyasini qo’lga kiritdi.