U-20 Osiyo kubogiga qurʼa tashlash marosimi ertaga soat 12:00 da boshlanadi. Marosimda 20 yoshgacha boʻlgan futbolchilardan iborat 16 ta terma jamoa 4 ta guruhga saralanadi.
Musobaqa mezboni Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi 1-savatchadan joy olgan. Shuningdek, ushbu savatchadan Koreya Respublikasi, Saudiya Arabistoni va Qatar ham oʻrin olgan.
Qurʼa savatchalari:
1-savatcha
Oʻzbekiston
Saudiya Arabistoni
Koreya Respublikasi
Qatar
2-savatcha
Yaponiya
Tojikiston
Avstraliya
Indoneziya
3-savatcha
Iordaniya
Xitoy
Iroq
Vyetnam
4-savatcha
Eron
Ummon
Suriya
Qirgʻiz Respublikasi
Qurʼa tashlash marosimi OFK hamda OʻFA YouTube sahifasida jonli efirda namoyish etiladi