Free ebooks Library zlibrary project

Bugun yurtimizda boʻlib oʻtayotgan Jahon chempionatining ikkinchi yakunlandi davom ettirildi. Dastlab, Buxorodagi “Universal” sport majmuasida “F” guruhi vakillari Eron va Gvatemala terma jamoalari oʻzaro bahs olib bordi.

Ushbu oʻyinda Eron terma jamoasi 9:4 hisobida gʻalaba qozondi. Shu tariqa Eron ikki turda 6 ochko jamgʻargan holda pley-off bosqichiga yoʻl oldi.

Navbatdagi oʻyin Toshkent shahridagi “Humo arena”da “E” guruhi vakillari Marokash va Panama terma jamoalari oʻrtasida boʻlib oʻtdi.

Ushbu oʻyinda Marokash terma jamoasi 6:3 hisobida gʻalaba qozondi. Marokash ushbu gʻalabasi evaziga ikki turdan soʻng 6 ochko jamgʻargan holda 1/8 finalga chiqdi.

Buxoro shahrida kechki dastur doirasida Fransiya va Venesuela terma jamoalari oʻrtasidagi oʻyin boʻlib oʻtdi. Unda fransuzlar katta ustunlikka erishgan holda 7:3 hisobida gʻalaba qozondi. Yakunda Fransiya ham ikki turda 6 ochko jamgʻarib, nim chorak finalga yoʻl oldi.

Kechki dasturlardan oʻrin olgan yana bir bahs “Humo arena”da amaldagi Jahon chempioni Portugaliya va Tojikiston terma jamoalari oʻrtasida boʻlib oʻtdi. Unda Portugaliya terma jamoasi qiyinchilik bilan 3:2 hisobida gʻalaba qozondi. Portugaliya ham ushbu gʻalabasi evaziga 6 ochko toʻplab, 1/8 finalga chiqdi.

Ertaga, 20-sentyabr kuni 3-tur bahslariga start beriladi.