Free ebooks Library zlibrary project

26 noyabr sanasida “Eng zo‘r-2022” taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tishi haqida xabar bergandik. Shu kuni O‘zbekiston futbolidagi yilning eng yaxshilari jamoatchilik guvohligida aniqlab olinadi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Professional futbol ligasi hamkorligida tashkil etilayotgan marosim laureatlari tez orada eʼlon qilinadi. Anʼanaga ko‘ra, eng asosiy nominatsiyalar g‘oliblari sport jurnalistlari ovoziga ko‘ra aniqlanadi. Ichki ligalar tasnifida esa eng kuchlilar mavsum davomida murabbiylar, futbolchilar, OAV vakillari hamda muxlislar ovozlariga ko‘ra aniqlab kelinmoqda. Shuningdek, tashkilotchilar o‘zbek futboli rivojiga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan yana qator insonlarni taqdirlashni rejalashtirgan.

Biz nominatsiyalar hamda unga bo‘lgan nomzodlarni bosqichma-bosqich eʼlon qilib boramiz. Shunday ekan, O‘FA hamda O‘zPFL sahifalarini kuzatib boring.