Free ebooks Library zlibrary project

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston milliy terma jamoasining Gruziyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuviga tayyorgarlik jarayonida futbolchimiz Dostonbek Tursunov jarohat olgan edi. Tekshiruvlar natijasida ushbu jarohat jarrohlik amaliyoti talab etilishi maʼlum boʻldi.

OʻFA tomonidan futbolchimizning tezroq sogʻayib, safga qoʻshilishi uchun barcha saʼy-harakatlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Dostonbek Tursunovni davolashga Italiyaning mashhur jarrohlaridan biri Pyer Paolo Mariani jalb etildi.

Futbolchimiz Italiya poytaxti Rimga, “Villa Stuart” klinikasiga yoʻl oladi va u yerda 22-noyabr kuni professor Mariani tomonidan operatsiya qilinadi.