Free ebooks Library zlibrary project

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan hakamlarning malakasini oshirish bo‘yicha muntazam ravishda qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, ushbu mavsum davomida Coca Cola Superliga va Pro-ligada tur o‘yinlari yakunlangach O‘FA Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi tomonidan hakamlar uchun maxsus seminar tashkil etilib, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar tahlil qilib kelinmoqda.

Navbatdagi seminar bugun, 29-iyun kuni soat 14:00da O‘FA majlislar zalida tashkil qilinadi.
Seminarda ishtirok etish uchun barcha turdagi OAV vakillarini taklif etamiz.