Free ebooks Library zlibrary project

Bilasiz, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan mamlakatimizda hakamlik sohasini rivojlantirish, futbol hakamlari malaka va salohiyatini oshirishga yo‘naltirilgan qator chora-tadbirlar muntazam ravishda amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, o‘tgan mavsum davomida Coca Cola Superliga va Pro-ligada tur o‘yinlari yakunlangach O‘FA Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi tomonidan hakamlar uchun maxsus seminar tashkil qilinib, o‘yinlar davomida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar tahlil qilib borilgan edi. Mazkur an’ana yangi start olgan mavsumda ham davom ettiriladi.

Bugun O‘FA majlislar zalida Coca Cola Superliga 1-tur uchrashuvlari yakunlariga bag‘ishlangan seminar tashkil qilindi. Unda hakamlar, nazoratchilar, shuningdek OAV vakillari ham ishtirok etishdi. Seminar davomida 1-tur uchrashuvlarida ishlagan hakamlarning xatti-harakatlari tahlil qilinib, yo‘l qo‘yilgan ba’zi xatolar ko‘rsatib o‘tildi, kamchiliklarni qanday bartaraf etish, keyingi o‘yinlarda bu xatolarni takrorlamaslik uchun nimalarga ahamiyat qaratish zarurligi tajribali FIFA yo‘riqchisi Farhod Abdullayev va boshqa yo‘riqchilar tomonidan tushuntirildi. OAV vakillari ham tur doirasidagi hakamlik, turli bahsli vaziyatlar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Bu kabi seminarlar mavsum davomida o‘tkazib boriladi.