Free ebooks Library zlibrary project

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan hakamlarning malakasini oshirish bo‘yicha muntazam ravishda qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, o‘tgan mavsum davomida Coca Cola Superliga va Pro-ligada tur o‘yinlari yakunlangach O‘FA Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi tomonidan hakamlar uchun maxsus seminar tashkil qilinib, o‘yinlar davomida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar tahlil qilib borildi. Ushbu an’ana kuni kecha start olgan yangi mavsumda ham davom ettiriladi.

Coca Cola Superliga-2020 1-tur uchrashuvlari tahlili amalga oshiriladigan joriy yilgi ilk seminar dushanba, 2-mart kuni soat 14:00da O‘FA majlislar zalida tashkil qilinadi. Seminarda barcha turdagi OAV vakillari ham ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.