Free ebooks Library zlibrary project

Bugun 22-fevral kuni Asker Xalmuratov boshqaruvidagi Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi “Rivojlanish kubogi”ning 3-turida Ozarbayjon U-16 jamoasiga qarshi bahs olib bordi va gʻalaba qozondi. Jamoamizning gollariga Davron Toʻlaganov (15’) va Quvonchbek Abrayev (62’) mualliflik qildi. Vakillarimiz ushbu gʻalaba evaziga ochkolar sonini 5 taga yetkazib olgan holda “A” guruhida 2-oʻrinni egallashdi. Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini 

Batafsil

Bugun OʻFAda texnik hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida FIFA vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda OʻFA prezidenti Abdusalom Azizov, FIFA texnik departamenti bosh mutaxassisi Mishel Sablon, belgiyalik taniqli mutaxassis Gi Kiala hamda masʼul mutasaddilar ishtirok etdi. OʻFA rahbari Oʻzbekistonda sportga, xususan, futbolga qiziqish yuqori ekanligini qayd etib, barcha terma jamoalarimiz oldiga yuqori maqsadlar qoʻyilganini taʼkidladi. Bu 

Batafsil

Bugun 11-fevral kuni “CAFA Women’s Futsal Championship-2024” turnirida ishtirok etayotgan Oʻzbekiston ayollar futzal terma jamoasi Qirgʻiz Respublikasini yirik 8:2 hisobida magʻlub etdi. Jamoamizning gollariga Safina Rushaniya (1’), Feruza Turdiboyeva (8’, 20’), Shodiya Tosheva (24’), Maftuna Panjiyeva (25’), Omina Valixonova (29’), Holida Dadaboyeva (40’) mualliflik qildi. Yana bir gol raqib futzalchisi hisobiga yozildi. Shu tariqa, Farruh 

Batafsil

Bugun 9-fevral kuni Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi Belarusga qarshi ikkinchi nazorat uchrashuvini oʻtkazdi. Ushbu bahsda vakillarimiz 0:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Mazkur uchrashuvdagi gollarga Dmitriy Shimanovski (2’) va Vladislav Sialyuk (11’) mualliflik qildi. Bahs avvalida esa kuni kecha 60 yillik yubileyini nishonlagan futzal murabbiyi Aleksandr Petrov esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Bugun 7-fevral kuni Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi Belarusga qarshi nazorat uchrashuvi oʻtkazdi. Ushbu bahsda vakillarimiz 2:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Jamoamizning gollariga Abror Ahmetzyanov (38’) va Dilshod Rahmatov (39’) mualliflik qildi. Ushbu jamoalar o’rtasidagi ikkinchi bahs 9-fevral kuni soat 16:00 da start oladi.