O’zbekiston milliy terma jamoasi Iroqqa qarshi o’rtoqlik uchrashuvi oldidan tayyorgarlik jarayonini davom ettirmoqda. Bugungi mashg’ulotlar ham “Iranian Club” SM maydonida bo’lib o’tdi va unda barcha futbolchilar ishtirok etdi. Futbolchilarda jarohat yo’q va jamoaning barcha a’zolari yaxshi jismoniy holat bilan umumiy guruhda Iroqqa qarshi o’yinga hozirlik ko’rmoqda.
O’zbekiston milliy terma jamoasi BAAdagi o’quv-mashg’ulot yig’inini davom ettirmoqda. “Iranian club” maydonida o’tgan navbatdagi mashg’ulotda barcha futbolchilar ishtirok etishdi. 17-noyabrdagi Iroqqa qarshi uchrashuv Dubay shahridagi “Sevens” stadionida o’tkaziladigan bo’ldi. Mazkur bahs O’zbekiston vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi.
Vadim Abramov boshchiligidagi O’zbekiston milliy terma jamoasi BAAdagi o’quv-mashg’ulot yig’inini davom ettirmoqda. Jamoa vakillari bugundan Iroqqa qarshi o’rtoqlik uchrashuviga tayyorgarlikni boshladi. Murabbiylar shtabi kecha Suriyaga qarshi o’yinda maydonga tushgan futbolchilarga yengil yuklamalar berdi va ular mashg’ulotlarni alohida bo’lib o’tkazdi. Xitoyning “Shenyang Urban” klubida to’p surayotgan hamyurtimiz Islom To’xtaxo’jayev bugundan Milliy jamoamiz mashg’ulotlarida to’laqonli ishtirok etdi.
O’zbekiston U22 terma jamoasi 10-16 noyabr kunlari Toshkentda shahridagi o’quv-mashg’ulot yig’inini boshladi. Bosh murabbiy Ravshan Haydarov mazkur yig’inga 25 nafar futbolchini jalb etgan. Yig’in doirasida “Bunyodkor” va “AGMK” klublariga qarshi nazorat uchrashuvlari tashkil etish rejalashtirilgan.