“Paxtakor” stadionida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qirg‘iziston bilan xalqaro o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi. Qiziqarli tarzda kechgan o‘yinda vakillarimiz 3:1 hisobida g‘alabaga erishishdi. Terma jamoamiz tarkibida Igorь Sergeev, Dostonbek Hamdamov hamda Jamshid Iskanderov raqib darvozasini ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘ldi.