O’zbekiston U22 terma jamoasi 10-16 noyabr kunlari Toshkentda shahridagi o’quv-mashg’ulot yig’inini boshladi. Bosh murabbiy Ravshan Haydarov mazkur yig’inga 25 nafar futbolchini jalb etgan. Yig’in doirasida “Bunyodkor” va “AGMK” klublariga qarshi nazorat uchrashuvlari tashkil etish rejalashtirilgan.
O’zbekiston milliy terma jamoasi Suriyaga qarshi ertangi o’rtoqlik uchrashuvi oldidan rasmiy mashg’ulot o’tkazdi. Igor Sergeyev o’rniga chaqirilgan Temurxo’ja Abduxoliqov bugundan e’tiboran MTJ ixtiyoriga qo’shildi va mashg’ulotlarda ishtirok etdi. Milliy terma jamoamizga jalb etilgan yana bir hamyurtimiz Islom To’xtaxo’jayev bugun tunda Dubay shahriga yetib boradi. Koronavirusga topshirgan test javobi chiqqunga qadar futbolchi mehmonxonada “o’zini yakkalash” rejimida
Xabaringiz bor, O’zbekiston milliy terma jamoasi Suriya va Iroqqa qarshi o’rtoqlik o’yinlarini o’tkazish uchun kecha Dubay shahriga yetib bordi. MTJ delegatsiyaning har bir a’zosi Dubay xalqaro aeroportida koronavirusga test topshirdi va test natijalari chiqquniga qadar ular mehmonxonada “o’zini yakkalash” rejimida bo’lib turdi. Tahlil natijalariga ko’ra hech kimda koronavirus infeksiyasi aniqlanmadi va jamoa mashg’ulotlariga ruxsat berildi.