O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi U-23 Osiyo Kubogi saralash bosqichining so‘nggi o‘yinida Kuvaytni mag‘lub etdi. Ushbu uchrashuvda jamoamiz raqib darvozasiga 5 ta gol urishga muvaffaq bo’ldi va 1 ta gol o’tkazib yubordi. O’zbekiston 5-1 Kuvayt Gollar: Diyorbek Rahimqulov 37′, Hojimat Erkinov 45+2, 90+4′, Jasurbek Jaloliddinov 51′, Abdulaziz Mahran 65′, Ulugʻbek Hoshimov 68′.
O’zbekiston yoshlar terma jamoasi U-23 Osiyo kubogining saralash bahslarida Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga chiqdi. Uchrashuv jangovar durang bilan yakunlandi. Oʻzbekiston 2:2 Saudiya Arabistoni Gollar: Hamid Abdullah 40′, Otabek Joʻraqoʻziyev 45′, Abdulmuhsin Alqahtani 46′, Jasurbek Jaloliddinov (p) 79′.
Timur Kapadze boshchiligidagi yoshlar terma jamoamiz JAR sport majmuasida mashgʻulot olib bordi. Eslatib oʻtamiz, U-23 Osiyo kubogi saralash bosqichi “D” guruhidan oʻrin olgan oʻyinlar yurtimiz maydonlarida boʻlib oʻtadi.