Yoshlar kuniga bagʻishlangan tantanali tadbir o’z yakuniga yetdi. Davlatimiz rahbari Oʻzbekiston U-23 Olimpiya terma jamoasi aʼzolari Jasurbek Jaloliddinov, Husayn Norchayev va Hojimat Erkinovga “Kelajak bunyodkori” medalini topshirdi.
Oʻyin haqida – Bugun gʻalaba qozonib, butun xalqimizni xursand qilmoqchi edik. Biroq bu ishni uddalay olmadik. Buning uchun uzr soʻrayman. Nasib emas ekan. Barcha muxlislarimizga rahmat aytamiz. Keyingi turnirlarda yaxshiroq natija qayd etishga harakat qilamiz. Boʻriyevning oʻyin davomidagi harakatlari – U oʻyin davomida yaxshi harakat qildi. Bugun oʻyin qiyin boʻldi. Afsuski, magʻlubiyatga uchradik. Bolalarga rahmat
Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo kubogining chorak final uchrashuvida Iroqqa qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv boshidan bir kishi kam boʻlib qolgan jamoamiz oʻyinda iroda namoyish etib, yakunda gʻalabani qoʻlga kiritdi. Uchrashuvning asosiy va qoʻshimcha boʻlimlarida durang qayd etilgach, jamoalar penaltilar seriyasiga murojaat qilishdi. Oʻzbekiston 2:2 Iroq Gollar: Ramazon Juma 18ʼ, Jasurbek Jaloliddinov (p) 45+5ʼ, Hussayn Ammar 50ʼ, Ammar
Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo kubogidagi soʻnggi uchrashuvda Eronga qarshi maydonga tushdi. Qarshining “Markaziy” stadionida oʻtkazilgan bahsda vakillarimiz durangga imzo chekdi. Maʼlumot uchun, Timur Kapadze shogirdlari chorak finalda Iroqqa qarshi bahs olib borishadi. Oʻzbekiston 1:1 Eron Gollar: Otabek Joʻraqoʻziyev 22ʼ, Arya Yusufi 62ʼ.
Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo kubogi guruh bosqichining 2-turida Qatar jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Qiziqarli va yorqin oʻtgan uchrashuvda jamoamiz raqib darvozasiga 6 ta toʻp kiritib, muddatidan avval keyingi bosqichga chiqdi. Qatar 0:6 Oʻzbekiston Uchrashuv yakunlandi. Gollar: Jasurbek Jaloliddinov 5ʼ, Hojimat Erkinov 20ʼ, Husayn Norchayev 45+3ʼ, Ulugʻbek Hoshimov 60ʼ, Ayman (a.g) 63ʼ, Ruslanbek Jiyanov 67ʼ.