Birlashgan Arab Amirliklarida yigʻin oʻtkazayotgan Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasining navbatdagi raqibi maʼlum. 18-yanvar kuni Timur Kapadze shogirdlari Latviya Oliy ligasining amaldagi vitse-chempioni, UEFA Konferensiyalar ligasi ishtirokchisi boʻlgan “Riga” klubiga qarshi maydonga tushadi. Oʻyin “Jebel-Ali” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da start oladi. 18-yanvar “Riga” – Oʻzbekiston U-23
BAA 2:0 Oʻzbekiston Gollar: Ahmad Fazi 1′, Abdulaziz Muhammad 43′.
— BAA yigʻini haqida — Birlashgan Arab Amirliklaridagi yigʻinni boshlaganimizga bir necha kun boʻldi. Shu vaqt mobaynida oʻz oldimizga qoʻyilgan reja boʻyicha mashgʻulotlarni olib boryapmiz. Bu yigʻinda, asosan, jismoniy holatimizni tiklash, texnik-taktik tomondan yanada kuchayish va yangi futbolchilarning imkoniyatlarini koʻrib olishga urgʻu qaratganmiz. — BAA U-23 terma jamoasiga qarshi oʻyin — Bugungi uchrashuv yaxshi oʻtdi.
Oʻzbekiston U-23 terma jamoasining BAA yigʻiniga jalb etilgan futbolchilar roʻyxati maʼlum. Eslatib oʻtamiz, vakillarimiz ertaga Fujayra shahriga joʻnab ketadi. Yigʻin doirasida 9 va 12-yanvar kunlari BAA U-23 terma jamoasiga qarshi ikkita oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Kuala-Lumpur shahrida boʻlib oʻtgan Osiyo Futbol Konfederatsiyasi Musobaqalar qoʻmitasining beshinchi yigʻilishida Qatar davlati 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo Kubogi-2024™ mezboni sifatida maʼlum qilindi. Qayd etilishicha, joriy yilning noyabr oyida futbol boʻyicha 2022-yilgi Jahon chempionatiga mezbonlik qiladigan Qatar beshta nomzodlar orasidan (Eron Islom Respublikasi, Saudiya Arabistoni, Oʻzbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari) Qoʻmita tomonidan tanlab olindi.