Hozirgina U19 Osiyo chempionati uchun qur’a tashlash marosimi bo’lib o’tdi. Qur’a natijalariga ko’ra, U19 O’zbekiston Indoneziya, Kambodja va Eron jamoalari bilan birgalikda A guruhidan joy oldi. Mazkur marosimdan so’ng, U19 O’zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze qur’a natijalari bo’yicha o’z fikrlarini bildirib o’tdi.

O’zbekiston U19 terma jamoasi Toshkentda o’tayotgan o’quv-mashg’ulot yig’ini doirasida Birinchi liga klubi bilan nazorat uchrashuvi o’tkazdi. Timur Kapadze murabbiyligi ostidagi terma jamoamiz “Chig’atoy” bazasida Toshkentning “Neftgazmontaj” klubiga qarshi maydonga chiqdi. Asliddin Toshtemirov tomonidan kiritilgan yagona gol yakunda O’zbekiston U19 vakillariga g’alaba olib keldi. O’zbekiston U19 1-0 “Neftgazmontaj” Gol: Asliddin Toshtemirov