Avval xabar berganimizdek, Timur Kapadze murabbiyligi ostidagi O’zbekiston U19 terma jamoasi ayni kunlarda Toshkentda o’quv-mashg’ulot yig’ini o’tkazmoqda. 13-avgustga qadar davom etadigan mazkur yig’inga murabbiylar shtabi 27 nafar futbolchini jalb etgan. Murabbiylar Denis Korostichenko, Sergey Chigodayev hamda Timur G’aniyev Timur Kapadzega ko’maklashib bormoqda. U19 Osiyo chempionatiga hozirlik ko’rayotgan terma jamoamizning bugungi mashg’ulotlari “To’qimachi” stadionida bo’lib o’tdi.