Xabaringiz bor, joriy yilning 14-31 oktyabr kunlari bo’lib o’tadigan U19 Osiyo chempionatiga mamlakatimiz mezbonlik qiladi. Pandemiya sabab OFK komissiyasi va Tashkiliy qo’mita o’z ishini masofadan davom ettiryapti. Shu sababli, musobaqani qabul qiladigan stadionlar, zaxira maydonlari va boshqa inshootlar hamda amalga oshirilayotgan ishlar bo’yicha inspeksiya ishlari onlayn tarzda amalga oshirilmoqda. Ayni kunlarda OFK inspeksiyasi vakillarining talabiga
Timur Kapadze boshchiligidagi U19 O’zbekiston terma jamoasi 22-iyundan 3-iyulga qadar o’quv mashg’ulot yig’ini o’tkazadi. Murabbiylar shtabi Toshkent shahrida o’tadigan navbatdagi yig’inga 24 nafar futbolchini jalb etgan. Murabbiylar Denis Korostichenko, Sergey Chigodayev, Timur Ganiyev hamda Server Jeparov Timur Kapadzega ko’maklashib boradi. Eslatib o’tamiz, kecha O’zbekistonda mezbonlik qiladigan U19 Osiyo chempionati uchun qur’a tashlash marosimi bo’lib o’tdi.
Hozirgina U19 Osiyo chempionati uchun qur’a tashlash marosimi bo’lib o’tdi. Qur’a natijalariga ko’ra, U19 O’zbekiston Indoneziya, Kambodja va Eron jamoalari bilan birgalikda A guruhidan joy oldi. Mazkur marosimdan so’ng, U19 O’zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze qur’a natijalari bo’yicha o’z fikrlarini bildirib o’tdi.
Hozirgina O’zbekistonda mezbonlik qiladigan U19 Osiyo chempionati uchun qur’a tashlash marosimi o’z yakuniga yetdi. Qur’a natijalariga ko’ra, U19 O’zbekiston Indoneziya, Kambodja va Eron jamoalari bilan birgalikda A guruhidan joy oldi. E’tiboringizga guruhimiz o’yinlari sanalarini taqdim etamiz.
O’zbekiston U19 terma jamoasi Toshkentda o’tayotgan o’quv-mashg’ulot yig’ini doirasida Birinchi liga klubi bilan nazorat uchrashuvi o’tkazdi. Timur Kapadze murabbiyligi ostidagi terma jamoamiz “Chig’atoy” bazasida Toshkentning “Neftgazmontaj” klubiga qarshi maydonga chiqdi. Asliddin Toshtemirov tomonidan kiritilgan yagona gol yakunda O’zbekiston U19 vakillariga g’alaba olib keldi. O’zbekiston U19 1-0 “Neftgazmontaj” Gol: Asliddin Toshtemirov