Butun dunyoda hukm surayotgan COVID-19 pandemiyasi futbol sport turiga ham o’z ta’sirini o’tkazmoqda. Natijada turli mamlakatlarda o’tkazilishi reja qilingan ko’plab xalqaro turnirlar keyingi yilga qoldirilmoqda. Shu o’rinda, Osiyo futbol konfederatsiyasi 2020-yil Bahrayn va O’zbekistonda bo’lib o’tishi rejalashtirilgan U16 hamda U19 Osiyo chempionatlarini boshqa muddatga ko’chirilishini bo’yicha mavjud imkoniyatlar o’rganib chiqilishi haqida a’zo futbol assotsiatsiyalarga rasmiy
U19 O’zbekiston terma jamoasi oktyabr oyida yurtimizda o’tadigan Osiyo chempionatiga qizg’in hozirlik ko’rmoqda. Tayyorgarlik dasturiga ko’ra, Timur Kapadze boschiligidagi terma jamoamiz uchun 1-10 sentyabr kunlari Tojikistonda o’quv-mashg’ulot yig’ini tashkil etiladi. Yoshlarimizning Xo’jand shahrida o’tadigan mazkur yig’ini doirasida ikkita nazorat uchrashuvi rejalashtirilgan. Murabbiylar Denis Korostichenko, Sergey Chigodayev hamda Timur G’aniyev Timur Kapadzega ko’maklashib boradi. Terma jamoa
Bu o’zbekistonlik talabalarga qit’adagi nufuzli sport festivallaridan biri bo’lgan U19 Osiyo chempionati tashkiliy ishlariga o’z hissasini qo’shish uchun qulay imkoniyatdir. Toshkent shahri, Namangan va Toshkent viloyatlaridagi stadionlarda o’tadigan mazkur chempionatga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish ishlarida 200 nafarga yaqin ko’ngilli talabalar qatnashishi rejalashtirilgan. Ko’ngillilar Media va teletranslyatsiya, mehmondo’stlik xizmati, tarjimonlik va doping nazorati kabi sohalarda yordam
Avval xabar berganimizdek, Timur Kapadze murabbiyligi ostidagi O’zbekiston U19 terma jamoasi ayni kunlarda Toshkentda o’quv-mashg’ulot yig’ini o’tkazmoqda. 13-avgustga qadar davom etadigan mazkur yig’inga murabbiylar shtabi 27 nafar futbolchini jalb etgan. Murabbiylar Denis Korostichenko, Sergey Chigodayev hamda Timur G’aniyev Timur Kapadzega ko’maklashib bormoqda. U19 Osiyo chempionatiga hozirlik ko’rayotgan terma jamoamizning bugungi mashg’ulotlari “To’qimachi” stadionida bo’lib o’tdi.
Xabaringiz bor, U19 O’zbekiston terma jamoasi oktyabr oyida yurtimizda o’tadigan Osiyo chempionatida ishtirok etadi. Mazkur musobaqaga hozirlik ko’rayotgan Timur Kapadze shogirdlari 3-13 avgust kunlari Toshkentda o’quv-mashg’ulot yig’ini o’tkazadi. “Chig’atoy” bazasida tashkil etiladigan ushbu yig’inga murabbiylar shtabi 27 nafar futbolchini jalb etgan. Murabbiylar Denis Korostichenko, Sergey Chigodayev hamda Timur G’aniyev Timur Kapadzega ko’maklashib boradi. O’quv-mashg’ulot yig’in avvalidan