Oldin xabar berganimizdek, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi shu kunlarda poytaxtimizda yig‘in olib bormoqda. Azamat Abduraimov shogirdlari bugun ikkinchi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi. “Chig‘atoy-2002”ga qarshi kechgan o‘yinda terma jamoamiz 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Terma jamoa safida Rustam Turdimurodov, Tohir To‘xtasinov hamda Shahzod Akramov raqib darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi. Oldinroq o‘smirlar terma jamoamiz 3:1 hisobida “Bunyodkor-2003”ni mag‘lub