Bahraynda o‘tadigan U-16 Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko’rayotgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi uchun navbatdagi o’quv-mashg’ulot yig’ini tashkil etilmoqda. Bugun Olim Shokirov murabbiyligi ostidagi o’smirlarimiz dastlabki mashg’ulotlarni o’tkazdi.
Biroz avval U16 Osiyo chempionati uchun qur’a tashlash marosimi bo’lib o’tdi. Qur’a natijalariga ko’ra, U16 O’zbekiston Janubiy Koreya, Avstraliya va Hindiston jamoalari bilan birgalikda C guruhidan joy oldi. Mazkur marosimdan so’ng, o’smirlar terma jamoamiz bosh murabbiyi Olim Shokirov qur’a natijalari bo’yicha o’z fikrlari bilan o’rtoqlashdi.
5-iyunda start olgan O’zbekiston o’smirlar terma jamoasining navbatdagi o’quv-mashg’ulot yig’ini o’z nihoyasiga yetmoqda. U16 Osiyo chempionatiga hozirlik ko’rayotgan Olim Shokirov murabbiyligi ostidagi terma jamoamiz “Chig’atoy” bazasida mashg’ulotlarning yakuniy bosqichini o’tamoqda. O’smirlar terma jamoamizning bu galgi mashg’ulotlariga 25 nafar futbolchi jalb etildi. Shuningdek, yig’in avvalidan barcha futbolchi va murabbiylar shtabi tibbiy tekshiruvdan o’tkazildi. Quyida mashgʼulotlardan olingan