2023-yili boʻlib oʻtadigan U-17 Osiyo kubogining saralash bosqichiga tayyorgarlik koʻrayotgan Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi 20-iyuldan navbatdagi yigʻinga kirishadi. Jamoliddin Rahmatullayev shogirdlarining Toshkentdagi mashgʻulotlari 24-iyulga qadar davom etadi. Shundan keyin jamoamiz Ozarbayjon U-17 terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida ishtirok etish uchun Boku shahriga joʻnab ketadi. Oʻyinlar 26 va 29-iyul kunlari boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. 26-iyul Ozarbayjon —
Saralash bosqichining barcha guruhlari: “J” guruhi: Janubiy Koreya Bruney Oʻzbekiston Shri Lanka Guruhimizdagi uchrashuvlar joriy yilning 5, 7 va 9-oktyabr kunlari Toshkent shahrida oʻtkaziladi.
Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi Kiyev shahridagi xalqaro xotira turnirida ishtirok etishi haqida xabar bergandik. “JAR” majmuasida oʻtkazilgan soʻnggi nazorat oʻyiniga OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov tashrif buyurib, yosh futbolchilar bilan uchrashdi va yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Server Jeparov boshchiligidagi murabbiylar shtabi bilan jamoaning ayni paytdagi holati va imkoniyatlari xususida suhbat qurdi va kerakli koʻrsatmalar berdi. Ushbu
Xabaringiz bor, joriy yilning 13-18 avgust kunlari O’zbekiston o’smirlar terma jamoasiga munosib nomzodlarni saralash maqsadida Toshkent viloyatida 2005-yilda tavallud topgan tarbiyalanuvchilardan iborat hududiy terma jamoalari o’rtasida Respublika musobaqasi o’tkazildi. Mazkur bellashuvlarda o’z iqtidorini namoyish etgan yosh futbolchilar O’zbekiston U16 terma jamoasiga jalb etildi. Server Jeparov murabbiyligi ostidagi o’smirlar jamoamiz kecha “Chig’atoy” stadionida o’quv-mashg’ulot yig’ini boshladi.
Bilasiz, O’zbekiston U15 terma jamoasi o’quv-mashg’ulot yig’ini o’tkazish uchun kecha Tojikiston poytaxtiga yetib bordi. Dushanbe shahridagi “Atlas” mehmonxonasiga joylashgan Server Jeparov murabbiyligi ostidagi terma jamoamiz kunning ikkinchi yarmida dastlabki mashg’ulotlarni o’tkazdi. O’smirlarimiz mazkur yig’in davomida tojikistonlik tengdoshlari bilan ikkita xalqaro o’rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi rejalashtirilgan. Ertaga Dushanbedagi “Respublika Markaziy” stadionida mazkur jamoalar o’rtasida o’rtoqlik o’yini