Oʻzbekiston U17 terma jamoasi 18-dekabr kuni Toshkentda navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga kirishadi. Jamoliddin Rahmatullayev boshqaruvidagi jamoa yigʻinning ikkinchi qismini Jidda shahrida davom ettiradi. Oʻsmirlarimiz Saudiya Arabistoni U17 terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishlari rejalashtirilgan. Bahslar 26 va 29-dekabr kunlari boʻlib oʻtadi. U17 | Xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvlari 26-dekabr Saudiya Arabistoni – Oʻzbekiston 29-dekabr Saudiya Arabistoni – Oʻzbekiston
Oʻzbekiston U-18 terma jamoasi ayni kunlarda Toshkentda yigʻin oʻtkazmoqda. Farhod Nishonov boshchiligidagi jamoamiz yigʻinning ikkinchi qismini Turkiyada davom ettiradi. Oʻsmirlarimiz Antaliyada joylashgan “Demirchi” sport majmuasida turkiyalik tengdoshlariga qarshi maydonga tushishlari rejalashtirilgan. Bahslar 26 va 29-noyabr kunlari boʻlib oʻtadi. 26-noyabr Turkiya — Oʻzbekiston 29-noyabr Turkiya — Oʻzbekiston Bosh murabbiy tomonidan mazkur yigʻinga jalb etilgan futbolchilar roʻyxati
Bugun Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini boshlaydi. Oʻsmirlarimiz mazkur yigʻin doirasida rossiyalik tengdoshlariga qarshi ikkita oʻrtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadilar. Bahslar Toshkentda boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan: 16-noyabr Oʻzbekiston — Rossiya 19-noyabr Oʻzbekiston — Rossiya Bosh murabbiy Jamoliddin Rahmatullayev tomonidan ushbu yigʻinga jalb etilgan futbolchilarning roʻyxati bilan tanishing.
Oʻzbekiston U-18 terma jamoasi 20-noyabr kuni navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga kirishadi. Yigʻinning ikkinchi qismi Turkiyada davom ettiriladi. Oʻsmirlar terma jamoamiz Antaliyada turkiyalik tengdoshlariga qarshi maydonga tushadilar. Bahslar 26-28-noyabr kunlari boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. Jamoani ushbu oʻyinlarga isteʼdodli yosh mutaxassis Farhod Nishonov bosh murabbiy sifatida tayyorlab boradi. Shuningdek, tajribali mutaxassis Rauf Inileyev Oʻzbekiston U-18, U-17, U-15 va U-14
Oʻzbekiston U-16 terma jamoasi noyabr oyida navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazadi. Jamoliddin Rahmatullayev shogirdlari yigʻin doirasida 16-19-noyabr kunlari Rossiya oʻsmirlar terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadilar. Oʻyinlar Toshkentda boʻlib oʻtadi. U-16. Xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvi 16-noyabr Oʻzbekiston — Rossiya 19-noyabr Oʻzbekiston — Rossiya