Free ebooks Library zlibrary project

Olim Shokirov boshchiligidagi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Toshkentdagi “Chig’atoy” bazasida o’quv-mashg’ulot yig’ini o’tkazmoqda. Bahrayn davlati mezbonlik qiladigan Osiyo chempionatiga hozirlik ko’rayotgan terma jamoamiz 15-iyunga qadar mashg’ulotlarni davom ettiradi. E’tiboringizga mashg’ulotlardan tayyorlangan videolavhani taqdim etamiz.

Shu yili Bahraynda bo’lib o’tadigan U16 Osiyo chempionati uchun qur’a tashlash marosimi 18-iyun kuni bo’lib o’tadi. Mazkur marosim Osiyo Futbol Konfederatsiyasining Kuala-Lumpur shahridagi bosh qarorgohida o’tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu musobaqaning yarim finaliga yetib borgan jamoalar 2021-yil Peruda tashkil etiladigan o’smirlar o’rtasidagi Jahon chempionatiga yo’llanmani qo’lga kiritadi. Olim Shokirov murabbiyligi ostidagi O’zbekiston U16 terma jamoasi qur’a tashlash 

Batafsil

Bahraynda o‘tadigan U16 Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko’rayotgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi qisqa tanaffusdan so’ng yana mashg’ulotlarni davom ettirmoqda. Bugun Olim Shokirov murabbiyligi ostidagi O’zbekiston U16 terma jamoasi poytaxtimizdagi “Chig’atoy” bazasida o’quv-mashg’ulot yig’inini o’tkazdi. O’smirlar terma jamoamizning bu galgi mashg’ulotlariga 25 nafar futbolchi jalb etilgan. Shuningdek, yig’in avvalidan barcha futbolchi va murabbiylar shtabi tibbiy tekshiruvdan o’tkazildi. 

Batafsil

Olim Shokirov boshchiligidagi O’zbekiston U16 terma jamoasi poytaxtimizda o’quv-mashg’ulot yig’ini olib boradi. 2004 yilda tug’ilgan futbolchilardan iborat terma jamoamiz qit’a chempionatiga hozirlik jarayonini qisqa tanaffusdan so’ng yana davom ettiradi. O’smirlarimiz 4-15-iyun kunlari poytaxtimizdagi “Chig’atoy” bazasida mashg’ulotlar o’tkazishadi. Yig’in oldidan barcha futbolchi va murabbiylar shtabi tibbiy tekshiruvdan o’tadi. № F.I.Sh Tug’ilgan yil Amplua Klubi Shahar DARVOZABONLAR 

Batafsil