Free ebooks Library zlibrary project Встречайте 1win казино – место, где выигрывают. Надежное зеркало, удобный вход и промокоды помогут вам начать игру с максимальной выгодой!

Osiyo kubogiga tayyorgarlik koʻrayotgan Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi mart oyida Lotin Amerikasida oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazadi. Mazkur yigʻin doirasida Jamoliddin Rahmatullayev shogirdlari Urugvay va Argentina oʻsmirlar terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishlari rejalashtirilgan. U-17 Xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvlari 4-mart Urugvay 🆚 Oʻzbekiston 6-mart Urugvay 🆚 Oʻzbekiston 8-mart Argentina 🆚 Oʻzbekiston 10-mart Argentina 🆚 Oʻzbekiston

Unga ko’ra, qurʼa tashlash marosimi joriy yilning 30-mart kuni soat 16:00da Bangkok shahrida onlayn tarzda oʻtkaziladi. Maʼlumot oʻrnida, Osiyo Kubogida 17 yoshgacha boʻlgan futbolchilardan iborat 16 ta terma jamoa 4 ta guruhga saralanadi. Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Xitoy, Qatar va Laos bilan birgalikda 4-savatchadan joy olgan.  

Oʻzbekiston U-16 terma jamoasi 5-11-fevral kunlari Belorusning Minsk shahrida boʻlib oʻtadigan “Rivojlanish kubogi” xalqaro turnirida ishtirok etadi. Ushbu terma jamoani tajribali mutaxassis Zayniddin Tojiyev boshqarib boradi. Maʼlumot oʻrnida, turnir gʻolibligi uchun sakkizta terma jamoa kurash olib boradi. Vakillarimiz “A” guruhidan oʻrin olgan boʻlib, Belarus (U-17), Qozog’iston (U-17) va Rossiya (U-16) jamoasiga qarshi kurash olib boradi. 

Batafsil