2010-yilda tugʻilgan futbolchilardan iborat Oʻzbekiston U-15 terma jamoasi 14-20-aprel kunlari Toshkentda oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga kirishadi. Ayder Kurbayev boshqaruvidagi oʻsmirlarimiz yigʻin davomida bir qator nazorat uchrashuvlari oʻtkazishi rejalashtirilgan. Bosh murabbiy tomonidan yigʻinga jalb etilgan futbolchilarning roʻyxati bilan tanishing.
Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtayotgan Osiyo kubogining chorak final bahsida Birlashgan Arab Amirliklari bilan kuch sinashdi. Ushbu bahsda Oʻzbekiston 3:1 hisobida gʻalaba qozonib, musobaqa yarim finaliga yoʻl oldi. Jamoamizning gollariga Asilbek Aliyev (13ʼ, 36ʼ) va Sayfiddin Sodiqovlar (45+4ʼ) mualliflik qildi. Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi 17-aprel kuni yarim final bahsida maydonga
Germaniyalik mutaxassis Lars Hopp 2011-yilda tugʻilgan futbolchilarni seleksiya qilib, Oʻzbekiston U-14 terma jamoasiga nomzodlarni aniqlab bormoqda. Ayni paytda Toshkent viloyatidagi Milliy terma jamoalar markazida yosh futbolchilarni saralash boʻyicha sinovlarning uchinchi bosqichini oʻtkazmoqda. Saralash jarayoni uch bosqichdan, har bir bosqichda esa 25 nafarga yaqin yosh futbolchilar ishtirok etyapti. Umumiy hisobda esa mamlakatimizdagi turli klublar va futbol
Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Saudiya Arabistonida oʻtayotgan Osiyo Kubogi doirasidagi 3-tur bahsida mezbonlarga qarshi maydonga tushdi. Islom Ismoilov boshqaruvidagi terma jamoamiz mazkur bellashuvda Saudiya Arabistoni U-17 terma jamoasini 3:0 hisobida dogʻda qoldirdi. Gollarga Jamshidbek Rustamov (57ʼ, 70ʼ) va Asilbek Aliyevlar (63ʼ) mualliflik qildi Bu gʻalaba orqali Oʻzbekiston “A” guruhida 9 ochko jamgʻarib, peshqadamlikni qoʻlga kiritdi.
Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtayotgan Osiyo kubogida 2-tur oʻyinini Xitoy yoshlariga qarshi oʻtkazdi va 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. Oʻzbekistonning gollariga Sadriddin Hasanov (45+1ʼ) va Asilbek Aliyevlar (86ʼ) mualliflik qildi. Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston 2-turdan keyin “A” guruhida 6 ochko jamgʻargan holda muddatidan avval pley-off masalasini deyarli hal qildi. Ushbu gʻalaba evaziga Oʻzbekiston Qatarda