MilliyJamoa bosh murabbiyi Srechko Katanes hamda jamoamiz sardori Eldor Shomurodov ertangi oʻyin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etishdi: Srechko Katanes: Ertangi oʻyin haqida — Barchasi joyida, futbolchilarimiz oʻyinga tayyor. Kechagi mashgʻulotda ham jamoamiz diqqat va eʼtibor bilan oʻyinga tayyorgarlik ko’rdi. Biz o’z uyimizda oʻynaymiz, shu sababli maqsadimiz faqat gʻalaba qozonish. Taqvim va jamoaning holati haqida — Raqibimiz biz bilan oʻyinga
5-sentabr kuni 2026-yili boʻlib oʻtadigan Jahon chempionatining uchinchi saralash bosqichi start oladi. Bugun Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Abdusalom Azizov mas‘uliyatli o‘yinlar oldidan milliy terma jamoa aʼzolari bilan uchrashdi va ushbu bosqich ahamiyati, xalqimizning azaliy orzusi bo‘lmish Mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritish orqali muxlislarni xursand qilish muhimligi haqida to‘xtaldi. Bosh murabbiy Srechko Katanesning oldindagi rejalari tinglandi. Futbolimiz
Srechko Katanes boshchiligidagi Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 2-sentyabr kuni navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga kirishadi. Jamoamiz JCh-2026 saralash bosqichi doirasida 5-sentyabr kuni KXDRni qabul qilsa, 10-sentyabr kuni safarda Qirgʻiz Respublikasiga qarshi maydonga tushadi. Bosh murabbiy tomonidan yigʻinga jalb etilgan futbolchilarning roʻyxati bilan tanishing.
Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA Jahon chempionati Osiyo qit’asi saralash bosqichi doirasida Eronga qarshi bahs olib bordi va uchrashuv 0:0 hosobida yakunlandi. Shu tariqa Srechko Katanes boshqaruvidagi jamoamiz guruh bosqichini mag‘lubiyatsiz yakunladi va 3-bosqichga yo‘l oldi. Ushbu bosqich uchrashuvlariga joriy yilning sentyabr oyida start beriladi.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionati–2026 saralash bosqichi doirasidagi Turkmaniston va Eron terma jamoalariga qarshi uchrashuvlarda ishtirok etuvchi yakuniy tarkibi e’lon qilindi. Eslatib oʻtamiz, Srechko Katanes boshqaruvidagi jamoamiz 6-iyun kuni “Bunyodkor” stadionida Turkmaniston, 11-iyun kuni esa “Ozodiy” stadionida Eron terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.