Bugun 8-sentyabr kuni Toshkent shahridagi “Olimpiya” stadionida “CAFA Nations Cup-2025” turnirining final uchrashuvi o‘tkazildi. Timur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Eronga qarshi bahs olib bordi va 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, turnir g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Jamoamizning goliga 120-daqiqada Hojiakbar Alijonov mualliflik qildi. Shu tariqa, Milliy jamoamiz o‘z tarixida ilk bor “CAFA Nations Cup” turniri g‘olibiga
Bugun 5-sentyabr kuni Toshkent shahrida “CAFA Nations Cup-2025” turnirining “A” guruhi 3-tur uchrashuvlariga start berildi. Timur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qirg’iz Respublikasiga qarshi bahs olib bordi va 4:0 hisobida g’alaba qozondi. Jamoamizning gollariga Akmal Mozgovoy (21′), Otabek Shukurov (67′), Igor Sergeyev (82′) va Azizbek Turg’unboyev (90+3′) mualliflik qildi. Milliy jamoa navbatdagi uchrashuvini 8-sentyabr
Bugun 30-avgust kuni Toshkent shahrida “CAFA Nations Cup-2025” turnirining “A” guruhi uchrashuvlariga start berildi. Timur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi ilk turda O‘monga qarshi bahs olib bordi va o‘yinda 1:1 hisobi qayd etildi. Jamoamizning goliga 55-daqiqada Hojimat Erkinov mualliflik qildi. Milliy jamoa navbatdagi uchrashuvini 2-sentyabr kuni Turkmanistonga qarshi o‘tkazadi. Ushbu bahs “Olimpiya” stadionida soat
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 26-avgust kuni navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga kirishadi. Timur Kapadze “CAFA Nations Cup-2025” turniriga bagʻishlangan yigʻin uchun kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi. Eslatib oʻtamiz, jamoamiz musobaqadagi ishtirokini 30-avgust kuni Oʻmonga qarshi oʻyin bilan boshlaydi.
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi va Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati Angliyaning Manchester shahrida xizmat safarida boʻldi. Tashrif doirasida “City Football Group” xolding kompaniyasi va “Manchester Siti” klubi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Safar davomida oʻzbekistonlik rasmiylar xolding Bosh operatsion direktori Rul de Fris, Boshqaruv direktori Denni Uilson, futbol biznesi boʻyicha bosh direktori Klayv Rivz va boshqa