O’zbekiston milliy terma jamoasi 17-mart kuni navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga kirishadi. Jamoamiz JCh-2026 saralash bosqichi doirasida 20-mart kuni Qirgʻiz Respublikasini qabul qiladi. 25-martda esa Eronga qarshi safarda oʻyin oʻtkazadi. Bosh murabbiy Timur Kapadze tomonidan yigʻinga jalb etilgan futbolchilarning roʻyxati bilan tanishing.
Bugun Temur Kapadze boshqaruvidagi Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Qatardagi oʻquv-mashgʻulot yigʻini doirasida Iordaniyaga qarshi nazorat oʻyinida maydonga tushdi. “Grand Hamad” stadionida boʻlib oʻtgan bahsda durang natija qayd etildi. Iordaniya 0:0 Oʻzbekiston
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi milliy terma jamoa bosh murabbiyligi uchun bir qator nomzodlarni o‘rganib chiqdi va tahlil qildi. Mahalliy va xorijlik tajribali mutaxassislar bilan muzokaralar o‘tkazdi. Shu bilan birga, murabbiylar kengashi tomonidan taqdim etilgan tavsiyalar ham batafsil ko‘rib chiqildi. Jahon chempionati saralashining hal qiluvchi o‘yinlariga oz vaqt qolganini hisobga olib, jamoa va futbolchilar bilan yaqindan tanish
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolar sababli Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan tuzilgan shartnomani oʻzaro rozilik bilan bekor qilishga qaror qildi. Sloveniyalik murabbiy oʻz murojaatida hozirgi holatida vazifalarini toʻlaqonli, professional tarzda bajara olmasligini afsus bilan qayd etdi. Doimiy qoʻllab-quvvatlagani va samarali hamkorlik uchun assotsiatsiyaga oʻz minnatdorchiligini bildirdi. Terma jamoamizga Jahon
OFK 2027-yilda Saudiya Arabistoni maydonlarida oʻtkaziladigan 19-Osiyo Kubogi sanalarini maʼlum qildi. Unga koʻra, qitʼa birinchiligi uchun kurash eng kuchli 24 jamoa ishtirokida 2027-yilning 7-yanvaridan 5-fevraliga qadar boʻlib oʻtadi. Qayd etilishicha, turnir Ar-Riyod, Jidda va Al-Hobar shaharlaridagi 8 ta stadionda (“King Fahd Sports City”, “King Abdullah Sports City”, “Al-Hobar”, “Kingdom Arena”, “King Saud University”, “Prince Abdullah