Free ebooks Library zlibrary project Встречайте 1win казино – место, где выигрывают. Надежное зеркало, удобный вход и промокоды помогут вам начать игру с максимальной выгодой! Discover the Phantom Wallet Extension—your secure and user-friendly tool for managing Solana assets. Enjoy seamless transactions and dApp access with ease!

Ertaga O’zbekiston milliy terma jamoasi BAAdagi o’quv-mashg’ulot yig’ini doirasidagi xalqaro o’rtoqlik uchrashuvini o’tkazadi. Vadim Abramov shogirdlari ushbu bahsda Iordaniya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Mazkur o’yin BAA futbol assotsiatsiyasi maydonida O’zbekiston vaqti bilan soat 18.00 da start oladi. Uchrashuv O’FAning YouTube hamda Sportrecs  platformalaridagi rasmiy sahifalarida jonli efirda translyatsiyasi qilinishi rejalashtirilgan.

Bilasiz, O’zbekiston milliy terma jamoasi ayni kunlarda Dubay shahrida o’quv-mashg’ulot yig’ini olib bormoqda. Vadim Abramov murabbiyligi ostidagi milliy jamoamiz bugun tongda sohil bo’yida tiklanish mashg’ulotlarini o’tkazdi. Odil Ahmedov “Tianjin Teda” klubi tomonidan Xitoy mamlakatiga chaqirilganligi sababli, ushbu yig’inda qatnasha olmasligi ma’lum bo’ldi. Temurxo’ja Abduxoliqov bugundan e’tiboran MTJ ixtiyoriga kelib qo’shildi.