5-sentabr kuni 2026-yili boʻlib oʻtadigan Jahon chempionatining uchinchi saralash bosqichi start oladi. Bugun Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Abdusalom Azizov mas‘uliyatli o‘yinlar oldidan milliy terma jamoa aʼzolari bilan uchrashdi va ushbu bosqich ahamiyati, xalqimizning azaliy orzusi bo‘lmish Mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritish orqali muxlislarni xursand qilish muhimligi haqida to‘xtaldi. Bosh murabbiy Srechko Katanesning oldindagi rejalari tinglandi. Futbolimiz
Toshkent shahrida OFKning “Pro” litsenziyasi murabbiylik o‘quv-kursiga start berildi Kurs jarayonini OFK instruktori Usmon Toshev boshqarib bormoqda. 21 nafar murabbiylar ishtirok etayotgan mazkur oʻquv kursida tinglovchilarga nazariy hamda amaliy koʻnikmalar berib borilmoqda.
Toshkent shahrida OFKning “A” litsenziyasi murabbiylik o‘quv-kursiga start berildi Kurs jarayonini OFK instruktori Usmon Toshev boshqarib bormoqda. 24 nafar murabbiylar ishtirok etayotgan mazkur oʻquv kursida tinglovchilarga nazariy hamda amaliy koʻnikmalar berib borilmoqda.
Andijon shahrida o‘tkazilgan hududiy futbol akademiyalarining U-13 jamoalari o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati yakunlandi. 🥇 1-o’rin – Andijon FA 🥈 2-o’rin – Namangan FA 🥉 3-o’rin – Toshkent viloyati FA Shuningdek, musobaqa davomida ushbu yosh toifasidagi eng iqtidorli o‘yinchilar saralab olindi.
Srechko Katanes boshchiligidagi Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 2-sentyabr kuni navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga kirishadi. Jamoamiz JCh-2026 saralash bosqichi doirasida 5-sentyabr kuni KXDRni qabul qilsa, 10-sentyabr kuni safarda Qirgʻiz Respublikasiga qarshi maydonga tushadi. Bosh murabbiy tomonidan yigʻinga jalb etilgan futbolchilarning roʻyxati bilan tanishing.